Turkiya COVID-19ga qarshi Rossiya vaksinasini sotib olmaslik sababini ma’lum qildi

Turkiya koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasini sotib olmaydi, chunki u tegishli laboratoriya amaliyotiga muvofiq emas, dedi respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Faxrettin Koja.
«Muammo shundaki, Rossiya vaksinasi GLP (tegishli laboratoriya amaliyoti)ga mos kelmaydi, shuning uchun u bizning e’tiborimizdan chetda qoldi», — deya Koja so‘zlarini keltirmoqda «Haberturk».
«Worldometers» ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni 893,630 kishiga yetdi. 15,314 bemor hayotdan ko‘z yumdi. 441,515 kishi kasallikdan forig‘ bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter