Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya futbolida eng qimmat transfer kutilmoqda

Turkiya futbolida eng qimmat transfer kutilmoqda

Foto: Global Look Press

Turkiyaning «Galatasaroy» klubi «Napoli» (Italiya) hujumchisi Viktor Osimhenni sotib olmoqchi. Bu haqda Milliyet xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Osimhen «Galatasaroy»da ijara asosida to‘p surmoqda.

Bu turk futboli tarixidagi eng qimmat transfer bo‘lishi mumkin. «Galatasaroy» futbolchi uchun €66 mln to‘lashga rozi. Osimhenning umumiy qiymati turklarga 75 mln yevroga tushadi, chunki uning uchun 9 mln yevro ijara uchun to‘lab bo‘lingan.

Turkiya chempionati amaldagi mavsumida Osimhen 37 ta o‘yin o‘tkazib, 33 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning «Napoli» bilan shartnomasi 2026-yilgacha tuzilgan, futbolchining bozor qiymati 70 mln yevroga baholanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring