Turkiya Mubashshir Ahmadni O‘zbekistonga topshirdi

Bir muddat oldin «Azon Global» axborot-tahliliy portali asoschisi Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov)ning Turk politsiyasi tomonidan Istanbuldagi uyidan hibsga olingani va Istanbuldagi Deportatsiya markaziga o‘tkazilgani haqida xabar berilgan edi.
Turkiyalik advokat Ibrohim Erginning ma’lum qilishicha, Mubashshir Ahmad O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.
«Alisher Tursunov Edirnedagi Migratsiya idorasida razvedka nazorati ostida saqlangan, keyinchalik shanba kuni yana Istanbulga qaytarilgan. Bu orada u yuridik tizimdan chetlab o‘tilgan va noqonuniy tarzda O‘zbekistonga topshirilgan», deydi advokat.
Advokat Ibrohim Ergin, o‘z navbatida, xavfsiz joy va boshpana so‘rab kelgan insonni mamlakatiga qaytarib berib yuborish ham qonuniy, ham diniy va ham vijdoniy jihatdan joiz emasligiga to‘xtalgan.
«Hech bir yuridik mutaxassis immigratsiya amaliyotida tizimga ishonmasligi kerak, o‘zboshimchalik va noqonuniy deportatsiya davri boshlandi. Xavfsizlik idoralari muhojirlarni qurbon qilishda davom etmoqda», – deb yozdi Ibrohim Ergin «X»dagi sahifasida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter