Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya o‘zbekistonliklar uchun elektron mehnat viza joriy etishi mumkin

Turkiya o‘zbekistonliklar uchun elektron mehnat viza joriy etishi mumkin

O‘zbekiston delegatsiyasining Anqaraga amaliy tashrifi doirasida 27-oktyabr kuni Turkiya Ichki ishlar vazirligida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda «Dunyo» AA xabar bermoqda.

TIV xabar berishicha, uchrashuvda Turkiya Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Mexmet Oqtosh ikki davlat rahbarlarining sa’y-harakatlari tufayli bugungi kunda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida, ayniqsa ichki ishlar sohasida, yaqin aloqalar yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida turk tomoni O‘zbekiston fuqarolariga Turkiyaga boshqa turdagi vizalar asosida kirgan holda mamlakatdan chiqmasdan turib mehnat ruxsatnomasini olish imkoniyatini taqdim etish masalasini o‘rganib chiqishini ma’lum qildi.

Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari uchun elektron mehnat vizalarini joriy etish masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring