Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya TIV: «Turkiya Bag‘dodning roziligisiz Iroqda harbiy operatsiya o‘tkazmaydi»

Turkiya TIV: «Turkiya Bag‘dodning roziligisiz Iroqda harbiy operatsiya o‘tkazmaydi»

Foto: «AIF»

Turkiya Iroq shimolida rasmiy Bag‘dodning ruxsatisiz harbiy operatsiya o‘tkazish niyatida emas. Bu haqida Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim ma’lum qildi.

«Biz Iroq hukumatining roziligisiz hech qanday harbiy operatsiya o‘tkazmaymiz. Turkiya Iroqning suverenitetini hurmat qiladi va uni buzishi mumkin bo‘lgan hech qanday harakatni amalga oshirmaydi», — deya Yildirimning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «Aif.ru» sayti.

Anqaraning mazkur pozitsiyasini Yildirim Iroq bosh vaziri Haydar Obodiyga telefon muloqoti davomida ma’lum qilingan. Turkiya bosh vaziri, shuningdek, hozircha operatsiyalarni o‘tkazish bo‘yicha ikki davlat o‘rtasida hech qanday kelishuv yo‘qligini bildirgan.

Obodiy, o‘z navbatida, rasmiy hukumat mamlakat hududida butun nazoratni o‘z qo‘liga olgani va jangarilarga qarshi mustaqil kurasha olishini aytgan.

«Biz Turkiya o‘z qurolli kuchlarini chegaralaridan tashqariga chiqarishiga qarshimiz», — deya bayonot bergan Obodiy.

Mart oyida Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘on mamlakat qurolli kuchlari istagan vaqtda Iroqning Sinjor tumanidagi Kurdiston ishchi partiyasiga qarshi harbiy operatsiya boshlashi mumkinligini ma’lum qilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring