Turkiya va Suriyadagi yangi zilzila: ilk qurbon va jarohatlanganlar haqida ma’lumot berildi
![Turkiya va Suriyadagi yangi zilzila: ilk qurbon va jarohatlanganlar haqida ma’lumot berildi](http://static.xabar.uz/crop/6/1/720_460_95_613474493.jpg)
Bir necha soat oldin yuz bergan zilzila oqibatida Turkiyaning Samandag‘ shahrida (Hatay viloyati) boshiga beton bo‘lagi tushib ketgan ayol kishi halok bo‘ldi. Defne shahrida kamida 4 kishi vayronalar ostida qolib ketgan, deb xabar berdi CNN Türk telekanali.
Vitse-prezident Fuat Oktay o‘z bayonotida Turkiya janubi-sharqida kamida 8 kishi yangi zilzila oqibatida jarohatlanganini aytdi.
Suriyaning Halab shahrida esa ushbu zilzila oqibatida kamida 6 inson jarohat olgan, deb xabar berdi SANA agentligi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter