Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada 22 yanvar motam kuni deb e’lon qilindi

Turkiyada 22 yanvar motam kuni deb e’lon qilindi

Turkiya prezidenti 22-yanvarni motam kuni deb e’lon qildi. Bunga mamlakatning Bolu viloyatidagi Kartalkaya tog‘-chang‘i kurortida seshanbaga o‘tar kechasi kelib chiqqan yong‘in sabab ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani sabab bo‘lgan.

Ayni paytdagi holatga ko‘ra, yong‘in qurbonlari soni 76 nafarga yetgan.

Mamlakat IIV rahbari Ali Yerlikayaning ma’lum qilishicha, ushbu yong‘in ishi bo‘yicha 9 kishi, jumladan mehmonxona egasi ham qo‘lga olingan.

Eslatib o‘tamiz, hoisa sodir bo‘lgan kuni mehmonxonada jami 234 nafar mehmon ro‘yxatdan o‘tgan. Viloyat gubernatorligi ularning barchasi Turkiya fuqarolari ekanligini bildirdi. Yong‘in sabablari hozircha ma’lum emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring