Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada 6,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Turkiyada 6,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Foto: TRT Haber

Turkiya shimoli-g‘arbidagi Balikesir viloyatida yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:53 da 6,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda mamlakat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) xabar berdi.

Epitsentr Sindirgi tumanida, 11 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Turkiya IIV bayonotiga ko‘ra, zilzila oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, 29 kishi jarohatlangan. Bitta bino qulagan, 24 ta binoga ziyon yetgan.

Yer silkinishlari kuchi Izmir, Kutahya, Istanbul, Manisa, Eskishehir kabi shaharlarda ham sezilgan. Asosiy zilziladan so‘ng magnitudasi 4,6, 4,1 va 4,0 ga teng uchta aftershok qayd etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring