Turkiyada komendantlik soati bekor qilindi

Koronavirus pandemiyasi sababli Turkiyada joriy qilingan komendantlik soati 1-iyuldan boshlab butunlay bekor qilinadi, dedi respublika prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on.
1-iyundan boshlab Turkiya hukumati koronavirusga qarshi choralarni yumshatdi — komendantlik soati qisqartirildi (22:00-05:00) va yakshanba kuni tunu kun karantin joriy etildi. Kafe va restoranlar xaridorlarni qabul qila boshladi, sport zallari qayta ochildi, to‘ylarga ruxsat berildi.
«Bugun Vazirlar Mahkamasining yig‘ilishida biz qaror qabul qildik: 1-iyuldan komendantlik soati butunlay bekor qilinadi. Davlat muassasalari normal ish vaqtiga qaytadi. Jamoat transportidan foydalanish bo‘yicha yosh cheklovlari bekor qilindi», — dedi Erdo‘g‘on televizion murojaatida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter