Turkiyada NATOning harbiy-dengiz o‘quvlari boshlandi

Turkiyada NATOga a’zo 15 mamlakat harbiylari ishtirokida harbiy-dengiz o‘quvlari boshlandi. Bu haqda Milliyet xabar berdi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, O‘rta yer va Egey dengizlarida 11-sentyabr kuni start olgan Dynamic Mariner — Mavi Balina — Nusret 2022 keng ko‘lamli manyovrlari 22-sentyabrgacha davom etadi.
2023-yilning 1-yanvaridan NATO Tezkor javob berish kuchlariga qo‘mondonlik Londondan Anqaraga o‘tadi.
Galdagi dengiz o‘quvlarida Turkiyadan «Sanjaktar» desant amfibiya-kemasi hamda yengil aviatashuvchi vazifasini ham bajara oluvchi «Anadolu» universal desant kemasi qatnashmoqda. Har ikki kema Turkiyada qurilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter