Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada yana zilzila sodir bo‘ldi

Turkiyada yana zilzila sodir bo‘ldi

Foto: Global Look Press

Turkiyaning sharqida 27-aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:09 da 4,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Yevropa-O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi (EMSC) xabar berdi.

Zilzila markazi 298 ming kishi yashovchi Eloziq (Elazig‘) shahridan 44 km janubi-g‘arbda joylashgan. Yer osti silkinishlari o‘chog‘i chuqurligi — 10 km.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar va buzilishlar haqida xabar kelib tushmagan.

Eslatib o‘tamiz, 23-aprel kuni Eloziqdan taxminan 1 200 km g‘arbda joylashgan Istanbulda magnitudasi 6,2 ballgacha yetuvchi bir nechta zilzila sodir bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring