Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Istanbuldagi shifoxonada ikki nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

Istanbuldagi shifoxonada ikki nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

Foto:«Aurora Tours»

Mamlakatimizning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yil 28-iyul kuni «Samatya Hastenesi» tibbiyot muassasasida O‘zbekiston fuqarosi X.M. vafot etdi. Bu ayol baxtsiz hodisadan keyin shifoxonaga yotqizilgan edi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborotida aytilmoqda. 

Shu kunning o‘zida ushbu kasalxonada Istanbul shahri tumanlaridan biridagi voqea natijasida pichoq yaralari bilan kasalxonaga yotqizilgan boshqa bir O‘zbekiston fuqarosi N.Z. halok bo‘lgani ma’lum qilindi.

Ushbu voqealar asosida Turkiya huquqni himoya qilish organlari tomonidan tergov ishlari boshlangan.

Bosh konsulxona ushbu holatlarni nazoratga olgani aytilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring