Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyaga boruvchilar uchun yangi talablar e’lon qilindi

Turkiyaga boruvchilar uchun yangi talablar e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi 30-dekabrdan Turkiyaga tashrif buyurayotgan yo‘lovchilar uchun yangilangan talablarni e’lon qildi.

Unga ko‘ra:

Turkiyaga tashrif buyurayotgan 6 va undan yuqori yoshdagi aviayo‘lovchilar 30-dekabrdan boshlab, COVID-19 uchun PZR SARS-COV-2 usuli bilan, Turkiya chegarasini kesib o‘tishdan kamida 72 soat oldin topshirilgan test natijalari ma’lumotnomasini majburiy ravishda taqdim etishlari lozimligini e’lon qildi.

PZR SARS-COV-2ga manfiy natijali PZR-testni taqdim etmagan yo‘lovchilar chegarani kesib o‘tishda ko‘rsatilgan (uy, mehmonxona va boshqa) manzil bo‘yicha 7 kunlik karantinga olinadi. Turkiyadagi yashash manzilini ko‘rsatmagan shaxslar, Turkiya sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ajratilgan joylarga joylashtiriladi.

7 kunlik karantindan so‘ng PZR-testi musbat natija bergan yo‘lovchilar Turkiya sog‘liqni saqlash vazirligining amaldagi talablari asosida davolanadilar.

Mazkur choralar 2021-yilning 1-martiga qadar amal qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring