Turkmaniston hukumati Turkiyadan viza rejimini joriy etishni so‘radi

Turkmaniston hukumati Turkiya tomonidan o‘z fuqarolariga viza rejimini joriy etishni so‘radi.
Bu haqda Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Mamlakati TIV bunga «fuqarolarning Turkiya Respublikasida bo‘lish qoidalarini takomillashtirish» zaruratini sabab qilib ko‘rsatgan.
«Fuqarolarning Turkiyada bo‘lish qoidalarini takomillashtirish va tizimli asosda saqlash maqsadida Turkmaniston tomoni Turkiya davlatiga o‘z fuqarolari uchun turli toifadagi viza rejimini vaqtinchalik joriy etish iltimosi bilan murojaat qildi», – deyiladi mamlakat Tashqi ishlar vazirligi xabarida.
Ma’luot uchun, amaldagi tartibga ko‘ra turkmanistonliklarga Turkiya davlatida 30 kungacha vizasiz rejim joriy qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter