Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkmaniston prezidenti Markaziy Osiyo davlat rahbarlari uchrashuvini «qayta isloh qilish»ni taklif qildi

Turkmaniston prezidenti Markaziy Osiyo davlat rahbarlari uchrashuvini «qayta isloh qilish»ni taklif qildi

Foto:«Islam-Today.ru»

Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning fikricha, Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlarining yangi maslahat organi muntazam uchrashuvlar formatini yaratishi mumkin.Bu haqda «Tnews.uz» xabar bermoqda.

Turkmaniston  prezidenti Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari kengashini tuzish taklifi bilan chiqdi. O‘zbekistonga qilgan tashrifi davomida mazkur taklif bilan chiqqan Gurbanguli Berdimuhamedovning fikricha, Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari maslahat kengashi deb nomlanmish maslahat organi muntazam uchrashuvlar formatini yaratishi va  «belgilangan kun tartibini muhokama qilish uchun mintaqa mamlakatlari poytaxtlarida navbatma-navbat» majlis o‘tkazishi mumkin.

Turkmaniston rasmiy matbuotining yozishicha, Berdimuhamedovning tashabbusiga binoan «barcha tashkiliy masalalarni e’tiborga oladigan» besh tomonlama ekspertlar guruhini shakllantirish va undan keyin «beshta mamlakat prezidentlari uchrashuvini tashkillashtirish va kun tartibini ishlab chiqish maqsadida» Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining maxsus majlisini chaqirish kerak.

Turkmaniston prezidentining tashabbusi Ostonada Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining uchrashuvidan so‘ng bir oy o‘tib ilgari surildi. Ma’lumki, Ostona uchrashuviga Berdimuhamedov bormadi, o‘g‘li Serdar Berdimuhamedov orqali Qozog‘iston prezidentiga shaxsiy noma yo‘llash bilan  cheklandi.

2018-yilning 15-mart kuni Ostonada bo‘lib o‘tgan va Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari maslahat uchrashuvi deb nomlangan sammit O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilgan edi. O‘shanda mintaqa davlatlari rahbarlari bu kabi uchrashuvlarni har yili Navro‘z bayrami arafasida o‘tkazishga kelishib oldilar va navbatdagi uchrashuv 2019-yil martida Toshkentda bo‘lib o‘tishini e’lon qildilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring