«Tutukon Neo ichish uchun eritma 250 ml» preparati haqida ogohlantirish berildi
Ispaniyaning «Dori vositalari va tibbiy buyumlar agentligi» (AEMPS) qaroriga binoan, Ispaniyaning Labaratorio Miquel Y Garriga Inc, S.L. korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan «Tutukon Neo ichish uchun eritma 250 ml» (flakonlarda) dori preparatining «Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)» talablari buzilgan holda ishlab chiqarilganligi aniqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» yuqoridagi ma’lumotga asosan, O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan quyidagi: R-049, R-050, R-051, R-078, R-080, R-222, R-236, R-081, R-124, R-204, R-205, R-206, R-218, R-219, R-220, R-221, R-223, R-224, R-225 seriyalarini farmatsevtika bozoridan muomaladan qaytarib olinayotganligini ma’lum qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter