Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tuxum barak» ham geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

«Tuxum barak» ham geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Adliya vazirligi tomonidan Xorazm viloyatiga xos bo‘lgan «Tuxum barak» milliy taomi geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Mazkur taom o‘ziga xos tayyorlanish usuli, tarkibi va qadimiy an’analarga asoslanganligi bilan ajralib turadi. «Tuxum barak» asosan Xorazm viloyati aholisi orasida keng tarqalgan bo‘lib, ushbu hududning boy madaniy-gastronomik merosini aks ettiradi.

Geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi bu taomni huquqiy jihatdan himoya qilish, sifat va nufuzini saqlab qolish hamda Xorazmning hududiy brendi sifatida targ‘ib qilish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, geografik ko‘rsatkich — bu mahsulotning ma’lum bir hududga xosligi va aynan shu hudud omillari bilan bog‘liq alohida sifatlarga ega ekanligini bildiruvchi intellektual mulk ob’yekti hisoblanadi. 

Bunga qadar «Samarqand noni», «Chiyal yaxna go‘shti» va «G‘ijduvon shashligi» ham geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring