Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Twitter» rahbari ogohlantiradi!

«Twitter» rahbari ogohlantiradi!

Foto: «Deep.resonance.org»

AQSh moliya vazirligi va «Twitter» giperinflyasiya ustida bahslashib qoldi. O‘tgan dam olish kuni ijtimoiy tarmoq rahbari Jek Dorsi AQSh va butun dunyoda narxlarning o‘sishi «hamma narsani o‘zgartirib yuborishi» haqida ogohlantirdi: «Giperinflyasiya hammasini o‘zgartiradi. Bu boshlangan».

Inflyasiya ustidan nazorat yo‘qolishi haqida AQSh g‘aznasi sobiq rahbari Larri Sammers ham bayonot bergandi. Biroq Qo‘shma Shtatlar moliya vazirligini boshqarayotgan Janet Yellen boshqacha fikrda: kelgusi yilda narxlar o‘sishi odatiy o‘zaniga qaytadi.

«Kovid yuzaga keltirgan shok iqtisodiy tizim faoliyatini izdan chiqardi, bu holat kelgusi yilda ham seziladi. Bunaqa inflyasiyani anchadan beri ko‘rmagandik, ammo odatiy hayot tarzimizga qaytishimiz barobarida vaziyat o‘zgarishini kutsak bo‘ladi. Hozirda oylik kesimda inflyasiya ko‘rsatkichlari ilgari qayd etilgan cho‘qqilaridan sezilarli darajada pasaydi», — dedi AQSh moliya vaziri Janet Yellen.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring