Twitter ruxsat etilgan belgilar sonini 4 mingtagacha oshiradi
Twitter xabarlarda ruxsat etilgan belgilar sonini 4 mingtagacha oshirmoqchi.
Bu haqda kompaniya rahbari Ilon Mask yakshanba kuni Twitter foydalanuvchilaridan birining platformadagi xabarlar belgilariga qo‘yilgan cheklov haqidagi savoliga javoban ma’lum qilgan.
U foydalanuvchining «Ilon Mask Twitter belgilari sonini 280 tadan 4000 tagacha oshirishi rostmi?» degan savoliga qisqa qilib, «Ha», deya javob qilgan.
Eslatib o‘tamiz, oxirgi marta tvitlardagi cheklov 2017-yilning noyabrida – 140 dan 280 tagacha oshirilgan edi.
Ma’lumot uchun, Ilon Mask joriy yil 27-oktyabrdan buyon Twitter platformasiga egalik qiladi va bu unga 44 milliard AQSh dollariga tushgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter