Ucell Olmaliq kon-metallurgiya kombinatini raqamlashtirish borasida qo‘llab-quvvatlaydi
Ucell va «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ kombinat telekommunikatsiyalarini raqamlashtirish sohasida hamkorlik qiladi. Tomonlar «INNOSANOAT. Markaziy Osiyo» Xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida hamkorlik to‘g‘risida memorandumni imzoladi.
Bugun raqamli texnologiyalar sanoatning barcha tarmoqlariga faol kirib bormoqda. Mazkur jarayon ishlab chiqarish samaradorligini oshirib, mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
«Biznes va sanoatni raqamli formatga o‘tkazish — birinchi navbadta yangi yechimlar hisobiga Olmaliq kon-metallurgiya kombinati imkoniyatlarini kengaytiradi. Biz Ucell’da faoliyatning barcha sohalariga ilg‘or texnologiyalarni joriy etgan holda innovatsiyalar bilan bir to‘lqinda bo‘lishga harakat qilamiz. OKMK bilan kompaniya ko‘p yillar mobaynida hamkorlik qiladi va biz mamlakat sanoatida yetakchilardan birini raqamlashtirish masalasida ko‘mak berishdan mamnunmiz», — deydi Andrey Shishkovskiy, Ucell bosh direktori.
O‘tgan yil dekabrda davlat rahbari Olmaliq KMKga tashrifi doirasida texnologik va biznes jarayonlarni avtomatlashtirishni oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasini tasdiqladi.
«Korxona o‘z oldiga yaqin uch yil uchun katta rejalarni qo‘ymoqda. Biz raqamlashtirish bo‘yicha ishimizni boshladik va dastlabki natijalar sezilarli ijobiy o‘zgarishlar va ishlab chiqarishda tejamkorlikni namoyon etmoqda. Strukturaviy o‘zgarishlar kombinatning deyarli barcha bo‘linmalari, xususan, telekommunikatsiyalarni qamrab olishi kutilmoqda. Ucell raqamli yechimlari belgilangan vazifalarni samarali bajarishga yo‘naltirilgan», — memorandum haqida «Olmaliq KMK» AJning raqamlashtirish bo‘yicha boshqaruv raisi Abdulla Azizov aytib o‘tdi.
Hamkorlik doirasida Olmaliq KMK jarayonlarini raqamlashtirishning platforma modeliga o‘tilishi rejalashtirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter