Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ucell abonentlari diqqatiga!

Ucell abonentlari diqqatiga!

Foto: Xabar.uz

Ucell kompaniyasi Vazirlar Mahkamasining kecha e’lon qilingan qarori mobil (uyali) aloqa tarmoqlari, shu jumladan COSCOM MChJ (Ucell savdo belgisi) tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar doirasiga kirmasligini va to‘lovsiz xizmatlar taqdim etmasligini ma’lum qildi.

«Hurmatli abonentlar! Sizga shuni ma’lum qilamizki, Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan telefon aloqasi va internet tarmog‘iga ulanish xizmatlarini (simli aloqa tarmoqlarida) o‘chirib qo‘yish taqiqlangan.

Mobil radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari, shu jumladan Ucell MChJ (Ucell savdo belgisi) tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar ushbu qaror doirasiga kirmaydi va to‘lovsiz xizmatlarni taqdim etmaydi.

Shu bilan birga, Ucell kompaniyasi ta’lim va tibbiyot sohasida ko‘plab saytlarning sahifasiga bepul kirish imkoniyatini ochganligini eslatib o‘tamiz. Qisqa favqulodda yordam xizmatlariga qo‘ng‘iroqlar ham bepul. Bundan tashqari, raqobatdosh narxlarda bir qator yangi tariflar va xizmatlar joriy etildi», deyiladi kompaniya xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring