Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uch ayol umra ziyoratida o‘g‘irlik qilgani haqida tahdidli audio tarqatganlar ushlandi

Uch ayol umra ziyoratida o‘g‘irlik qilgani haqida tahdidli audio tarqatganlar ushlandi

«Xorazm viloyatida yashovchi bir guruh ayollarning umra ziyoratini amalga oshirish paytida o‘g‘irlik sodir etishganligi to‘g‘risida» ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ovozli xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Xorazm viloyati IIB axborot xizmati rasmiy munosabat e’lon qildi.

So‘nggi kunlarda Telegram messenjeridagi turli guruh va sahifalarda «Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchi uch nafar xotin-qizlarning haj safariga borgan paytida Makka shahrida barcha musulmonlar namozga ketgan vaqtida do‘kondan tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlaganliklari, Arabistonga kelsa o‘g‘irlik qilganliklari uchun qo‘lini chopishlari, kelmasa kallasini chopib Arabistonga olib borishlari to‘g‘risida»gi ovozli xabarlar keng tarqaldi.

Mazkur ovozli xabarda nomlari keltirib o‘tilgan fuqarolarning Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga qilgan murojaatiga asosan olib borilgan tekshiruvlar natijasida ushbu ovozli xabarlarni tarqatgan shaxslar aniqlandi.

Dastlabki surishtiruvlar jarayonida ular ushbu ovozli xabarlarni hech qanday asossiz tarqatishganligi ma’lum bo‘ldi, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, hozirgi paytda ovozli xabarlarni tarqatgan shaxslarning xatti-harakatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring