Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uch oyda barcha moliyaviy sanksiyalar qayta ko‘rib chiqiladi» — Mubin Mirzayev

«Uch oyda barcha moliyaviy sanksiyalar qayta ko‘rib chiqiladi» — Mubin Mirzayev

Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev QQS to‘lovini uzilishi koeffitsiyentini qo‘llash, ya’ni «Tax gap» va QQS guvohnomasini vaqtincha to‘xtatib qo‘yish amaliyoti bekor qilinishini qayd etdi.

Ta’kidlanishicha, kameral soliq tekshiruvini o‘tkazishda soliq to‘lovchilar soliq idoralariga chaqirilib, ulardan hujjatlar talab etmaydi. Huquqbuzarlik uchun tadbirkor sifatida moliyaviy jarima, jismoniy shaxs sifatida ma’muriy jarima qo‘llanilmaydi, uch oyda barcha moliyaviy sanksiyalar qayta ko‘rib chiqiladi va tadbirkorlarning faoliyatiga ta’sir qilmaydigan adolatli me’yorlar belgilanadi.

Tadbirkorlarga o‘z majburiyatlarini ixtiyoriy bajarishlari uchun tizim yanada qulay va shaffoflashtiriladi.

Soliq organlari xizmat ko‘rsatishni yangi bosqichga olib chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, prezidentning tadbirkorlar bilan uchrashuvida 1 oktyabrdan boshlab, qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarishda soliq uzilishi koeffitsiyentini qo‘llash amaliyoti, ya’ni «tax gap» bekor etilishini e’lon qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring