Uchar va ichar haydovchi ikki bolaning umriga zomin bo‘ldi
Joriy yilning 13-avgust kuni soat 14:45 larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani hududidan o‘tuvchi 4R 181 avtomobil yo‘lining 2-kilometrida dahshatli yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, 1986-yilda tug‘ilgan haydovchi Sh.Q. «Neksiya-2» rusumli transport vositasini mast holda, ustiga-ustak, yuqori tezlikda boshqarib ketayotib, ushbu yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan velosiped haydovchisini urib yuborgan.
Natijada 2009-yilda tug‘ilgan velosipedchi R.G. va 2010-yilda tug‘ilgan velosiped yo‘lovchisi Sh.N.lar og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etishgan.
Mazkur YTH yuzasidan Amudaryo tumani IIB TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Barcha haydovchilardan mast holatida transport vositasini boshqarmaslik, tezlik me’yorlariga amal qilish so‘raladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter