Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uchtepa tumanidagi portlashda ikki kishi qurbon bo‘lgani ma’lum qilindi

Uchtepa tumanidagi portlashda ikki kishi qurbon bo‘lgani ma’lum qilindi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Joriy yilning 14-mart kuni soat 11:40larda Toshkent shahri, Uchtepa tumani «Cho‘pon ota» MFY hududida joylashgan «Aksava» MChJga qarashli ikki qavatli avtomobillarga xizmat ko‘rsatish shoxobchasi 2 ta boksining derazasi, devorlari qisman qulash sodir bo‘lgani va bunga kislorod yoki gaz ballonining portlashi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi ma’lum qilingandi.

FVVning dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, portlash oqibatida, 1 nafar fuqaro voqea joyida va yana biri kasalxonada vafot etgan. Shuningdek, 4 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonalarga yotqizilgan.

Ayni vaqtda hodisa sodir bo‘lgan joyda Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan qidiruv-qutqaruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur holatning kelib chiqish sabablari yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring