Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uchtepadagi portlashga nima sabab bo‘lgani aniqlandi — Bosh prokuratura

Uchtepadagi portlashga nima sabab bo‘lgani aniqlandi — Bosh prokuratura

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov tomonidan Uchtepa tumanidagi portlashga nima sabab bo‘lgani xabar qilindi.

2020-yil 14-mart kuni Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Foziltepa ko‘chasida joylashgan avtomashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish majmuasida tabiiy gaz quvuridan sizib chiqayotgan gaz isiga uchqun tegishi natijasida portlash sodir bo‘lgan.

Portlash oqibatida 2 nafar fuqaro vafot etgan, 4 nafari tan jarohatlari olgan.

Shu bilan birga, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan vayronalar ostidan uchinchi qurbonning jasadi topilganligi haqida rasmiy bayonot berilgan.

Mazkur holat yuzasidan 14.03.2020-yilda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) va 192-11-moddasi (Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bosh prokuratura jamoasi portlash xodisasi oqibatida vafot etganlarning oila a’zolari, qarindoshlari va yaqinlariga chuqur hamdarlik bildiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring