Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uchtepadagi savdo majmuasida yong‘in yuz berdi

Uchtepadagi savdo majmuasida yong‘in yuz berdi

Uchtepada tumanidagi savdo majmuasida yong‘in yuz berdi

18-iyul kuni soat 19:54 da Toshkent shahar FVBga, Uchtepa tumani "Zargarlik" ko‘chasida joylashgan savdo majmualarining birida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. 

Mazkur xabarga asosan, yong‘in qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borgan va yong‘in to‘liq o‘chirilgan. 

Tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan. 

Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda, deyiladi FVV xabarida. 

Avvalroq Ko‘kdaladagi portlashda jabrlanganlarga kompensatsiya to‘lab berilgani xabar berilgandi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring