Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UEFA ayollar libosini kiygan nemislarni jazolashi mumkin

UEFA ayollar libosini kiygan nemislarni jazolashi mumkin

UEFA Germaniya futbol ittifoqini terma jamoa ayollar libosida maydonga tushgani uchun jazolashi mumkin. Bu haqda nemis nashrlari xabar tarqatgan.

Millatlar ligasi o‘yinlarining 2-turida Germaniya termasi o‘z uyida Angliyani qabul qilgan va jangovar durang qayd etilgandi (1:1). Ushbu o‘yinda nemis futbolchilari ayollar terma jamoasiga tegishli formada harakatlanishgan.

Ma’lumki, ayollar libosida emblema tepasida 2 ta yulduzcha, erkaklarnikida esa 4 ta yulduzcha bo‘lishi kerak. Bu yulduzchalar jahon chempionligi soni hisoblanadi.

UYeFA rasmiy qoidasiga ko‘ra, ayollar va erkaklar terma jamoalari yulduzchalarini almashtirib maydonga tushishlari taqiqlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring