UEFA Chempionlar ligasida «To‘rtlar finali» joriy etilishi mumkin

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi YChL pley-off bosqichini o‘zgartirilgan formatda o‘tkazishni rejalashtirmoqda. UEFA turniri ushbu bosqichining yakunlovchi qismida «To‘rtlar finali» tizimi ishga tushishi mumkin.
«Times» nashri xabar berishicha, islohot yarimfinal va finalning standart formati o‘rnini egallaydi. Xususan, 1/2 finalda ikkita o‘yin o‘rniga bitta o‘yin o‘tkaziladi. Qolaversa, bu o‘yinlar bitta shaharda bo‘lib o‘tadi.
Nashr axborot manbasiga ko‘ra, g‘oyani Yevropa klublari assotsiatsiyasi qo‘llab-quvvatlashga tayyor, qit’aning yetakchi jamoalari ham qarshi emas.
Biroq, hozircha yakuniy qarorga kelingani yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter