Ukraina armiyasi uchun Starlink internet tarmog‘i ham o‘chirib qo‘yilishi mumkin

Ilon Maskning SpaceX kompaniyasiga tegishli Starlink sun’iy yo‘ldosh internet tarmog‘i Ukraina armiyasi uchun o‘chirib qo‘yilishi mumkin. Bu haqda AQSh davlat kotibi Marko Rubio ma’lum qilgan.
U Ukraina armiyasi uchun Starlink internet tarmog‘idan foydalanishni cheklab qo‘yish imkoniyatlarini Ilon Mask bilan muhokama qilishini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, 28-fevral kuni Oq uyning Oval xonasida bo‘lib o‘tgan Tramp va Zelenskiy uchrashuvi muvaffaqiyatsiz tugagan edi. Shundan so‘ng AQSh tomoni Ukraina rahbariyatiga, «tinchlik tarafdori»ga aylanmagunicha, turli tomondan bosim o‘tkazishda davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter