Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qarshi hujumining yakuniy maqsadi barcha hududlarni, jumladan Qrimni ham qaytarib olish» – Igor Jovkva

«Qarshi hujumining yakuniy maqsadi barcha hududlarni, jumladan Qrimni ham qaytarib olish» – Igor Jovkva

Ukraina armiyasining qarshi hujumining yakuniy maqsadi barcha hududlarni, jumladan Qrimni ham qaytarib olishdir. Bu haqda Ukraina prezidenti maslahatchisi Igor Jovkva CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

U intervyuda Ukraina o‘z maqsadiga erishish uchun ko‘p oylar ketishi mumkinligini aytdi.

«Yakuniy maqsad barcha hududlarni, jumladan Qrimni ham qaytarib olishdir... Lekin Ukraina o‘z maqsadlariga erishishi uchun ko‘p oylar kerak bo‘lishi mumkin», – dedi Zelenskiyning maslahatchisi.

Xuddi shu nuqtai nazardan, u Rossiya qo‘shinlari Xarkov viloyati hamda Xerson viloyatining shimoliy qismidan haydab chiqarilgan sentyabr va oktyabr oylaridagi Ukraina armiyasining muvaffaqiyatli hujumlariga ishora qilib, bu Ukrainaning birinchi qarshi hujumi emasligini aytdi.

«Hozirgi hujum ehtimol oxirgi qarshi hujum operatsiyasi bo‘lmaydi», — deya qo‘shimcha qilgan Igor Jovkva.

Shuningdek, u Ukraina muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lsa, G‘arb hamkorlari ko‘proq artilleriya va o‘q-dorilar yetkazib berishi kerakligini ham qo‘shimcha qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring