Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina G‘arbdan 50 ga yaqin F-16 qiruvchi samolyotlarini olmoqchi

Ukraina G‘arbdan 50 ga yaqin F-16 qiruvchi samolyotlarini olmoqchi

Ukraina G‘arb davlatlaridan 50 taga yaqin F-16 qiruvchi samolyotlarini olishga umid qilmoqda. Politico gazetasining yozishicha, Vladimir Zelenskiy Yaponiyadagi G7 sammitida va Litvada bo‘lib o‘tadigan NATO sammitida qiruvchi uchoqlar masalasini ko‘tarmoqchi.

«Ukraina o‘z osmonini himoya qilish uchun jami 40 dan 50 tagacha  F-16 samolyotlari bo‘lgan 3 yoki 4 ta eskadrilya tuzishni istaydi», — deb yozadi gazeta.

Ukraina Mudofaa vazirligi rahbari maslahatchisining so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy Xirosimada bo‘lib o‘tadigan G7 sammiti va NATO yetakchilarining iyul oyidagi bo‘ladigan uchrashuvda F-16 masalasi muhim masalalardan biriga aylanishini istaydi.

Gazetaning yozishicha, Zelenskiy Yevropaga so‘nggi safari chog‘ida G‘arb yetakchilaridan bu masalani yaqin kunlarda muhokama qilishlariga kafolat olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring