Ukraina havo hujumlarini to‘xtatish borasida muzokaralarga tayyor
Ukraina rasmiylari havodagi otashkesimni muhokama qilishga tayyor ekanini bildirdi. Bu haqda Prezident Ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak Corriere della Sera nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Podolyakning aytishicha, havo hujumlarini to‘xtatish – real muzokaralar uchun boshlang‘ich nuqta sifatida qaralishi mumkin.
«Har qanday otashkesim, ayniqsa umumiy tarzdagi, – bu muloqot boshlanishi mumkin bo‘lgan nuqta», – dedi u.
Shu bilan birga, Ukraina tomoni Rossiyaning strategik aviatsiyadan va keng ko‘lamli dron hujumlaridan voz kechishi ehtimoli juda past ekanini ta’kidladi.
«Aviatsiya bombardimonlari – Moskva uchun Ukrainaga psixologik bosim o‘tkazish va bizning pozitsiyamizga ta’sir qilishning asosiy vositasidir», – deya qo‘shimcha qildi Podolyak.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter