Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina prezidentining rafiqasida koronavirus aniqlandi

Ukraina prezidentining rafiqasida koronavirus aniqlandi

Foto: «@olenazelenska_official»

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning rafiqasi Yelenada koronavirus qayd etildi. Bu haqda Ukraina yetakchisi idorasi Telegram-kanalida ma’lum qilindi.

Zelenskaya o‘zini yaxshi his qilyapti, kasallik alomatsiz kechyapti. Hozir u ambulatoriya sharoitida muolaja olyapti, oilaning boshqa a’zolaridan ajratib qo‘yilgan. Davlat rahbari idorasining xabar berishicha, mamlakat birinchi xonimi rasmiy uchrashuvlarda doimo karantin qoidalariga va JSST tavsiyalariga amal qilgan. Iyunning boshlarida olingan test natijalari manfiy chiqqandi.

Zelenskaya koronavirusni qachon va qayerda yuqtirib olganligi noma’lum. U bilan muloqotda bo‘lgan kishilar xavfdan ogohlantirildi.

Ukraina yetakchisi va uning farzandlari ham testdan o‘tishdi, ularning natijalari manfiy chiqdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring