Ukraina Qrimni qaytara olmasligini tan oldi

«Ayni damda Ukraina Qrimni qaytarib oladigan holatda emas. Bu haqda Vaqtincha egallangan hududlar va ichki ko‘chirilgan shaxslar masalalari bo‘yicha vazir o‘rinbosari Georgiy Tuka «112 Ukraina» efirida ma’lum qildi», — deb yozmoqda «RIA Novosti».
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda Kiyev diplomatik demarshlar va siyosiy bayonotlar bilan cheklanishga majbur. Ammo Tuka kelajakda Donbass va Qrim Ukraina tarkibiga qaytishiga ishonmoqda. Rossiya esa, uning fikricha, «qilgan ishlari uchun javob beradi».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter