Ukraina va Rossiya o‘rtasida asirlar almashishning yangi bosqichi boshlandi

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina tomoni bilan 25 yoshgacha bo‘lgan harbiy asirlarni almashish jarayoni boshlanganini e’lon qildi.
Mudofaa vazirligi bayonotida aytilishicha, Ukraina Rossiyaga 25 yoshgacha bo‘lgan rossiyalik harbiylarning birinchi guruhini topshirgan.
«Ukraina qurolli kuchlarining shunga o‘xshash sondagi harbiy asirlari evaziga topshirildi», – dedi Rossiya Mudofaa vazirligi.
O‘z navbatida, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham bu almashinuvni tasdiqladi.
«Ukrainaliklar Rossiya asirligidan uylariga qaytishmoqda. Ayirboshlash bugun boshlandi va yaqin kunlarda bir necha bosqichda davom etadi», – deb yozdi u Telegram-kanalida.
Har ikki manba asirlar soniga aniqlik kiritmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2-iyun kuni Istanbulda Rossiya va Ukraina o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarning ikkinchi raundi bo‘lib o‘tgan va unda Moskva va Kiyev urushda halok bo‘lgan 6 ming askarning jasadlarini bir-birlariga topshirishga kelishib olgan edi. Tomonlar, shuningdek, harbiy asirlar – og‘ir yaralangan harbiy xizmatchilar, 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan asirlarning yangi almashinuvini o‘tkazishga ham kelishib olgan edilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter