Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina Istanbulda Rossiya bilan nega kelishuvga erishmagani aytildi

Ukraina Istanbulda Rossiya bilan nega kelishuvga erishmagani aytildi

AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha sobiq o‘rinbosari Viktoriya Nulandning aytishicha, Ukraina kelishuvning mamlakat uchun foydaliligiga oid noaniqlik tufayli Rossiya Federatsiyasi bilan Istanbul kelishuvlarini imzolamaslikka qaror qilgan.

Uning ta’kidlashicha, bundan oldin Ukraina AQShdan muzokaralar bo‘yicha maslahat so‘ragan.

Nuland xonimning aytishicha, Ukraina Rossiya bilan muzokaralarning oxirgi bosqichida maslahat so‘ragan. Shu bilan birga, dastlab Ukraina delegatsiyasi a’zolari bu «juda muhim kelishuv» ekanligini aytishgan.

Keyin, uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar kelishuv tafsilotlarini yaxshi bilmas edi, ammo amerikaliklar Rossiyaning shartlaridan ayrimlarini Kiyev uchun noqulay deb hisoblashgan. 

“Ukraina, aslida, harbiy kuch sifatida zaiflashgan bo‘lardi. Shu bilan birga, Rossiya uchun shunga o‘xshash cheklovlar yo‘q edi. Rossiyadan chekinish talab qilinmadi. Ukraina bilan chegarada bufer zona bo‘lishi shart emas edi. Unga chegarada hech qanday qurol saqlash taqiqlanmagan. Shu bois, Ukraina delegatsiyasi ichida va tashqarisida bu kelishuv yaxshimi, degan savollar berila boshlandi. Va aynan o‘sha paytda kelishuv parchalanib ketdi, - dedi Viktoriya Nuland jurnalist Mixail Zigarga bergan intervyusida. 

«Shundan keyin Ukraina ichidagi va mamlakat tashqarisidagi odamlar kelishuv yaxshimi, degan savolni berishdi. Aynan o‘sha paytda hamma narsa  barbod bo‘ldi», - deydi Viktoriya Nuland.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin avvalroq Moskva 2022 yilda erishilgan kelishuvlar asosida Kiyev bilan muzokaralar olib borishga tayyorligini aytgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring