Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainada poraxo‘rlarni umrbod qamoqqa tashlash taklif etildi

Ukrainada poraxo‘rlarni umrbod qamoqqa tashlash taklif etildi

Ukrainada korrupsionerlarni umrbod qamoq jazosiga hukm qilish taklif etildi. Bu haqda Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiyning idorasi rahbari maslahatchisi Mixaylo Podolyak o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

«Men korrupsionerlar fosh etilgandan so‘ng darhol umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishini istardim. Lekin qonun bor, unga amal qilish kerak», - dedi u. Uning fikricha, ayni paytda Ukraina «korrupsiyaga toqat qilmaslik»ni namoyish etmoqda. Prezident darajasida «eng tez va keskin qarorlar qabul qilinmoqda».

10-noyabr kuni Ukraina Korrupsiyaga qarshi kurash milliy byurosi (NABU) energetika sohasida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiya o‘tkazilishini e’lon qildi. Ikki kundan keyin Ukraina hukumati mamlakat adliya vaziri va sobiq energetika vaziri Herman Galushchenkoning uyida tintuv o‘tkazganidan so‘ng uning faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatdi. Bundan tashqari, Zelenskiyning yaqin hamkori sifatida ko‘rilgan tadbirkor Timur Mindichning uyida tintuvlar o‘tkazildi.

Voqealar fonida Zelenskiy energetika sohasidagi korrupsiya mojarosiga aloqador bo‘lgan biznesmen Timur Mindich va bosh moliyachi Aleksandr Sukermanga qarshi sanksiyalar kiritdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring