Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainada prezidentlik saylovlari bekor qilindi

Ukrainada prezidentlik saylovlari bekor qilindi

Ukraina Oliy Radasi urush davrida mamlakatda prezidentlik saylovlarini o‘tkazishni bekor qildi. Bu haqda Strana.ua nashri xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Rada deputatlari tegishli deklaratsiyani qabul qilgan. Hujjatni qabul qilishda Ukraina parlamentining barcha fraksiya va guruhlari deputatlari ishtirok etdi.

Qayd etilishicha, deklaratsiya Zakarpate viloyatining Turya Paseka qishlog‘ida bo‘lib o‘tgan to‘qqizinchi «Jan Monne muloqoti»dan so‘ng qabul qilingan. Unda Yevropa parlamentining sobiq prezidenti Pat Koks boshchiligidagi yevropalik instruktorlar ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ukrainalik sobiq amaldor Aleksey Arestovich prezidentlikka nomzodini qo‘yish istagini bildirgandi. Lekin urush holati tufayli saylov o‘tishi so‘roq ostida qolayotgandi.

Amaldagi prezident Vladimir Zelenskiyning vakolati rasman 2024 yil mart oyida tugaydi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring