Ukrainada Rossiya o‘qqa tutmagan bitta viloyat qoldi

Ukrainada Rossiya hujumiga uchramagan yagona viloyat qoldi, bu haqda Ukraina ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Yevgeniy Yenin telemarafonda ma’lum qildi.
«Xudoga shukrki, bitta bo‘lsa-da, o‘qqa tutilmagan viloyatimiz — Chernovsi bor», — dedi Yenin.
Ukraina janubi-g‘arbida joylashgan Chernovsi viloyati Ruminiya bilan chegaradosh. Frontdan olisligi — u xavfdan to‘liq xoli degani emas, ilgari Ukrainaning qolgan g‘arbiy viloyatlariga (ayrimlariga bir necha martalab) Rossiya raketalarda zarba bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter