Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainada rossiyaparast mashhur deputatga hukm o‘qildi

Ukrainada rossiyaparast mashhur deputatga hukm o‘qildi

Lvovning Lichakovskiy sudi Ukraina Oliy Radasining «Oppozitsion platforma - Hayot uchun» partiyasidan sobiq deputati Ilya Kivani mol-mulki musodara qilingan holda 14 yillik qamoq jazosiga sirtdan hukm qildi.

U davlatga xiyonat qilish, nafrat uyg‘otish, hokimiyatni egallab olish va agressiv urushga chaqirish, kommunistik totalitar tuzum belgilaridan ommaviy foydalanishda ayblangan.

Kiva hozirda Rossiya hududida yashamoqda. U xalqaro qidiruvga berilgan.

Kivaning tarjimai holi juda boy. Muxolifat platformasiga qo‘shilishdan oldin u kommunist bo‘lgan, keyin Sotsialistik partiyadan prezidentlikka nomzod bo‘lgan.

2014-2015-yillarda u Donetsk va Lugansk viloyatlaridagi harbiy amaliyotlarda qatnashgan va Donbassni majburan ukrainlashtirish tarafdori bo‘lgan.

Kiva «Praviy sektor» (Rossiyada ekstremistik tashkilot sifatida taqiqlangan) mintaqaviy bo‘limlaridan birini boshqargan, Ukraina Ichki ishlar vazirligining sobiq rahbari Arsen Avakovning maslahatchisi bo‘lib ham faoliyat olib borgan. 

Rossiya bosqinidan sal oldin Kiva Ukrainani tark etdi va urush boshlanganidan keyin u Moskvaning harakatlarini qo‘llab-quvvatladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring