Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainada uch o‘zbekistonlik YTHga uchradi, bir kishi vafot etgan

Ukrainada uch o‘zbekistonlik YTHga uchradi, bir kishi vafot etgan

Ukrainada uch nafar o‘zbekistonlik avtohalokatga uchradi, oqibatda ulardan biri vafot etgan. Bu haqda O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston Respublikasining uch fuqarosi: Hakimov Otabek Ravshanbek o‘g‘li (2001-yilda tug‘ilgan), Xusainov Behzod Jamoliddin o‘g‘li (2001-yilda tug‘ilgan) va Salohiddinov Sherzod Shavkat o‘g‘li (2001-yilda tug‘ilgan), Polsha chegarasiga kiraverishda avtohalokatga uchragan.

Fojia natijasida Hakimov Otabek voqea joyida vafot etgan. Qolgan ikki hamyurtimiz Lvovdagi shahar kasalxonasida.

Vafot etgan fuqaroning jasadini O‘zbekistonga qaytarish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring