Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainada yana bir jurnalist halok bo‘ldi

Ukrainada yana bir jurnalist halok bo‘ldi

Foto: «Lenta.ru»

Amerikaning «Fox News» telekanali Ukrainada o‘z operatori Pier Zakrjevski halok bo‘lgani haqida xabar berdi.

Jurnalist ketayotgan avtomobil o‘qqa tutilgan. CNN ma’lumotiga ko‘ra, Zakrjevskining mashinadagi sherigi — britan jurnalisti Benjamin Holl oyog‘iga «oskolka» tegib jarohat olgan.

Pier Zakrjevski «Fox News» uchun dunyoning eng olovli nuqtalaridan reportajlar tayyorlagan. Afg‘oniston, Iroq va Suriyada ishlagan.

Bir necha kun avval Kiyev viloyatining Irpen shahrida amerikalik fotojurnalist Brent Reno halok bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring