Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainadan uchinchi maxsus reys: «Bolalarga salyut otilyapti, dedik» (video)

Ukrainadagi o‘zbekistonliklar evakuatsiyasi doirasida Polshaning Katovitse shahridan uchgan uchinchi reysda 12 nafar bir yoshgacha bo‘lgan go‘daklar bilan birga jami 253 nafar fuqaro bor edi. Bu bilan «Uzbekistan Airways» yordamida Ukrainadan kelgan o‘zbekistonliklar soni 762 nafarni tashkil etdi.

«Xabar.uz» ijodiy guruhi yo‘lovchilar bilan suhbatlashdi.

Yurtdoshlarimiz O‘zbekiston hukumatining tezkor yordamidan minnatdor ekanliklarini takror-takror tilga olishdi. Ular urush hududidan chiqishlari oson kechmaganini ta’kidlashdi. Urush yaratgan qiyinchiliklar O‘zbekistonning Ukrainadagi va Polshadagi elchixonalari sa’y-harakati bilan yengilgani alohida urg‘ulandi.

«Endi O‘zbekistondan hech qayoqqa chiqmayman», — dedi farg‘onalik Shahnozaxon Turg‘unova ko‘zda yosh bilan. — «Prezidentimizning umri uzoq bo‘lsin. Biz Xarkov shahrida edik. Portlaganda oynalar sinib, bolalar chirqillab qolishdi. Bolalarga salyut otilyapti, dedik. Yangi yilda salyutni ko‘rgan edilar. Uch kun podvalda yotdik. Yeb, ichganimiz, hammasi shu yerda bo‘ldi. Bang‘illab otilgani zahoti yerga yotib olamiz...»

Ayolning kechinmalarini tasvirlab berish qiyin. U va safardoshlari aytganlari bilan, yaxshisi, videolavhada tanishing.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring