Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainani yana bir «dahshat» kutayotgani bashorat qilindi

Ukrainani yana bir «dahshat» kutayotgani bashorat qilindi

Ukrainani «dahshatli qish» kutmoqda. Mamlakat uchun voqealarning bunday rivojlanishini NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg bashorat qildi.

Uning ma’lum qilishicha, blokka a’zo davlatlar Ukrainaga qishdan omon chiqishi uchun yangi yordam ajratish niyatida. U, shuningdek, NATO eshiklari Ukraina uchun ochiqligini qo‘shimcha qilgan.

Avvalroq Britaniya Mudofaa vaziri Ben Uolles Kiyevdan qish oylarida harbiy hujumlarini kuchaytirishni so‘ragan edi. Vazir Ukraina «bosim ko‘rsatishda davom etishi, hujumni saqlab turishi» kerakligini aytib,  G‘arb davlatlari Ukraina armiyasiga 300 mingdan ortiq texnika jo‘natganini eslatgandi.

Avvalroq Rossiya armiyasi Ukrainaga 4700 dan ortiq raketa uchirgani, yuzlab raketalar turar-joy binolari, korxonalar, elektr stansiyalariga kelib tushayotgani aytilgandi.

Natijada mamlakatda 20 milliondan ortiq odam elektr energiyasidan mahrum bo‘ldi. Energetika sektoriga raketa hujumi tufayli ikkita AESdagi reaktorlar ham yopilgan. Bu esa Ukrainada qishning sovuq kunlarida jiddiy issiqlik tanqisligini yuzaga keltirishi aytilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring