Ukrainaning eng yirik savdo hamkori kim? Bu AQSh yoki Yevropadan emas
Yanvar-aprel oylari natijalariga ko‘ra, Xitoy Ukrainaning eng yirik savdo hamkoriga aylandi. Xitoydan mamlakatga yetkazib berilgan mahsulot hajmi pul ko‘rinishida 4,2 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda Ukraina davlat bojxona xizmati xabarida aytiladi.
Eksportchilar orasida ikkinchi o‘rinni 2024-yilning dastlabki to‘rt oyida Ukraina bozoriga 2,3 milliard dollarlik mahsulot jo‘natgan Polsha egalladi. Birinchi uchlikni Germaniya egallab, uning mamlakatga eksporti 1,8 milliard dollarni tashkil etdi.
Ukrainaga boshqa mamlakatlardan yetkazib berilgan umumiy mahsulot hajmining 65 foizini mashinalar, uskunalar va transport, kimyo mahsulotlari va yoqilg‘i tashkil etdi.
Ukraina tovarlarining asosiy importchilari Polsha (1,3 milliard dollar), Xitoy (1,2 milliard dollar) va Ispaniya (1,1 milliard dollar) bo‘ldi. Xaridlarning asosiy qismi oziq-ovqat mahsulotlari, metallar va mineral mahsulotlarga to‘g‘ri keldi.
Ta’kidlash kerakki, 2022-yil fevralda urush boshlangach Ukraina asosiy savdo hamkorlaridan biri bo‘lgan Rossiya bilan barcha iqtisodiy aloqalarni to‘xtatdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter