Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunlayapti

Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunlayapti

Ukrainaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Nikola Doroshenko o‘z missiyasini yakunlayotganini ma’lum qildi.

Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy tegishli qarorni qabul qilgan.

«Bu mening yurtim, xalqim rahbariyatining yuksak ishonchidir va men buni oqlash uchun bor kuch-g‘ayratimni sarfladim. Men chuqur motivatsiya va bor kuchim bilan Ukraina va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni har tomonlama rivojlantirishga hissa qo‘shdim. Men o‘z ishimni baholash huquqini boshqalarga qoldiraman va ishonch bilan aytamanki, qilgan ishlarimdan uyalmayman. Men uchun qiyin davrda – urush davrida davlat manfaatlarini ifodalash va himoya qilish sharafiga muyassar bo‘ldim», – deb yozadi Doroshenko.

Elchi janoblari o‘zining zimmasiga Rossiya bilan urush holatidagi Ukraina hayoti haqida o‘zbek jamiyatiga haqiqatni yetkazish, ularga bugungi Ukraina nima bilan yashayotgani, uning o‘g‘il-qizlari qanday va nima uchun halok bo‘layotganini tushuntirish vazifasi yuklanganini ta’kidlaydi.

U, shuningdek Ukrainani qo‘llab-quvvatlagan o‘zbek jamiyati uchun o‘z minnatdorligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Nikola Doroshenko 2020 yil aprel oyida Ukraina elchisi etib tayinlangan edi. O‘sha yilning oktyabr oyida u O‘zbekiston Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirgan.

 

Manba: facebook.com

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring