Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi TIVga chaqirildi

Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi TIVga chaqirildi

10 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Ukrainaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Nikolay Doroshenko bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Elchiga Ukraina Mudofaa vazirligi vakilining amaldagi sanksiya cheklovlarini chetlab o‘tib, ikki maqsadli mahsulotlar yetkazib berilgani haqida OAVda tarqalgan asossiz bayonoti munosabati bilan jiddiy xavotir bildirildi.

Ukraina tomonidan OAVda O‘zbekistonga oid noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatilishiga yo‘l qo‘yilmasligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Ukraina tomonining rasmiy so‘rovlari kelib tushgan taqdirda, ularni qiziqtirgan masalalarni o‘rganish va xolis ma’lumot berishga tayyor.

O‘z navbatida, Elchi N.Doroshenko O‘zbekiston tomonining xavotirlari va uchrashuv natijalarini Ukraina Tashqi ishlar vazirligi rahbariyatiga zudlik bilan yetkazishini ishonch bilan bildirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring