Ukrainada yangi tashqi ishlar vaziri tayinlandi
Andrey Sibiga Ukraina tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi. Uning nomzodini prezident Zelenskiy Oliy Radaga taqdim etganb.
Andrey Sibiga 49 yoshda va 1997-yildan buyon diplomatik lavozimlarda, jumladan, Ukrainaning Polshadagi elchixonasida ishlagan. 2016-2021-yillarda Turkiyadagi elchi, keyin esa prezident devoni rahbari o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. U. tashqi siyosat va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish masalalarini nazorat qildi.
Sibiga 2024-yilning aprelida u Ukraina tashqi ishlar vazirligi rahbarining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda Ukrainada bir qancha mansabdorlar ishdan ketdi. Jumladan, 2021-yilda buyon TIVni boshqargan Dmitriy Kuleba ham iste’fo berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter