Ulug‘bek Rashitov O‘zbekistonga dastlabki medalni taqdim etdi
![Ulug‘bek Rashitov O‘zbekistonga dastlabki medalni taqdim etdi](http://static.xabar.uz/crop/2/5/720_460_95_251705238.jpg)
Buenos-Ayresda III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning ilk kunidayoq yosh sportchilarimiz dastlabki medalga ega chiqishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Taekvondo bo‘yicha -48kg vazn toifasida yurtimiz sharafini qilayotgan Ulug‘bek Rashitov musobaqa davomida Mo‘g‘uliston va Janubiy Koreya vakillarini mag‘lubiyatga uchratib, finalgacha yetib bordi.
![](https://static.xabar.uz/uploads/1/720__InRxvVenhMGCg5NxAGu2rqtpAkTjhzi7.jpg)
Hal qiluvchi jangda esa u afsuski rossiyalik Dmitriy Shishkoga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va yakunda kumush medalga ega chiqdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter